"Benfika" Prestianinning diskvalifikatsiya qilinishi bo‘yicha apellyatsiya beradi

  • 23.02.2026 22:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Benfika" UEFAning yarim himoyachi Janluka Prestianini vaqtinchalik diskvalifikatsiya qilganiga munosabat bildirdi. O‘tgan hafta "Real" Chempionlar Ligasi 1/8 finaliga chiqish uchun o‘tish o‘yinining dastlabki bahsida "Benfika" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. O‘yin davomida madridliklar vingeri Vinisius Zunior hakamga Prestianni uni "maymun" deb ataganini aytib, futbolka bilan og‘zini to‘sgan. "Burgutlar" futbolchisi keyinchalik braziliyalikni irqiy jihatdan haqorat qilmaganini aytdi. UEFA ushbu holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi.

Bugun, 23 fevral kuni UEFA argentinalik futbolchini vaqtincha chetlatishga qaror qilganini e’lon qildi. U Madrid klubi bilan javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

"Benfika" futbol klubi "Real"ga qarshi o‘yinda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida UEFA Janluka Prestianini bir o‘yinga vaqtincha chetlatish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan xabardor qilindi.

“Klub tergov paytida futbolchisini yo‘qotganidan afsusda va UEFAning bu qarori ustidan apellyatsiya beradi, garchi bu Chempionlar Ligasi pley-offining javob o‘yinini o‘tkazish muddatiga qandaydir ta’sir ko‘rsatmasa ham.

Shuningdek, "Benfika" irqchilik va kamsitishning har qanday ko‘rinishiga, tarixiy o‘ziga xosligining bir qismi bo‘lgan va kundalik faoliyatida, global hamjamiyatida, "Benfika" jamg‘armasi ishida va Eysebio kabi klub tarixidagi asosiy shaxslarda aks etgan qadriyatlarga qarshi kurashga sodiqligini tasdiqlaydi", - deyiladi klub bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!