Benzema "Al-Hilol"ni tark etadimi?

  • 22.02.2026 14:29
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Al-Hilol" forvardi Karim Benzema jamoa bosh murabbiyi bilan tortishib qoldi.

Xabarlarga koʻra, fransiyalik futbolchi kecha boʻlib oʻtgan "Al-Ittihod"ga qarshi oʻyinning tanaffus vaqtida jamoa bosh murabbiyi bilan keskin munosabatda boʻlgan. Manbada yozilishicha, Benzemaning "Al-Hilol"ga kelishi jamoaning ichki tizimiga va futbolchilarning munosabatlariga taʼsir oʻtkazmoqda. Baʼzi futbolchilar uning jamoaga kelganidan norozi boʻlmoqda. 38 yoshli futbolchi qishki transferlar bozorida "Al-Ittihod"dan "Al-Hilol" safiga kelib qoʻshilgan edi. U Riyod klubi bilan 1,5 yillik mehnat bitimiga imzo chekkan. Hilol oʻtgan turdagi durangdan soʻng Saudiya Arabistoni Pro-ligasida ikkinchi oʻringa tushib ketdi. 

Maʼlumot uchun, Karim Benzema yangi jamoasi safida 3ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!