Benzema Anriga etib oldi

  • 06.03.2019 14:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi forvardi Karim Benzema kecha “Ayaks”ga (1:4) qarshi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida ishtirok etdi.

Bu 31 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun EChLdagi 112-o‘yin bo‘ldi. E’tiborlisi, Benzema shu tariqa Chempionlar ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan frantsiyalik futbolchi – Terri Anriga etib oldi. Agar Anri futbolchilik faoliyatini yakunlaganini hisobga olsak, Benzemada undan o‘zib ketish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Benzema “Real” safiga 2009 yil “Lion”dan kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!