Benzema Di Stefano bilan tenglashdi. U Raul va Ronalduga eta oladimi?

  • 3 aprel, 2022, 13:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema La Liganing 30-turida “Selta”ga (2:1) qarshi kechgan o‘yinda ikkita gol urdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Tecno

Bu gollar frantsiyalik forvard uchun La Ligadagi 215- va 216-gollari bo‘ldi. Karim bu borada afsonaviy Alfredo Di Stefano bilan tenglashib, “Real” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bu boradagi mutlaq rekordchi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu (312 gol) hisoblanadi. Undan keyin ikkinchi o‘rinni 228 gol urgan Raul egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema "Real" safiga 2009 yil "Lion"dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!