Benzema Evropaning eng qudratli klubiga o'tish harakatini boshladi
Frantsiyalik hujumchi Karim Benzema Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan kelishmovchilik fonida Madridning “Real” jamoasiga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqida Fichajes nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi klub rahbariyatini shu haqida ogohlantirgan. Benzema shayxlar unga ham “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldunikiya yaqin shartlarda shartnoma taklif qilmagunicha maydonga tushmoqchi emas. Gap bir mavsum uchun taxminan 180 million yevro atrofidagi maosh haqida ketmoqda.
Ta’kidlanishicha, “Al-Ittihod” bunday moliyaviy talablarni bajarishga tayyor emas va frantsiyalik hujumchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Benzemaning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.
Yuzaga kelgan vaziyat fonida futbolchining agenti “Qirollik klubi” bilan aloqalarni faollashtirgan. Manbaga ko‘ra, joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan qisqa muddatli shartnoma varianti ko‘rib chiqilmoqda. Ispan klubining sport rahbariyati esa bunday qadamning turnir vazifalari, moliyaviy shartlar va tarkibga ta’sirini tahlil qilmoqda.
Fikrlar