Benzema o‘rnini ikki yulduz bosadi

  • 14.02.2023 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati 35 yoshli hujumchi Karim Benzemaga o‘rinbosar qidirishda davom etmoqda. Madridliklar hozircha bu pozitsiyaga ikki forvardni taklif qilishni rejalashtiryapti. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Karim Benzemaning keyingi paytda ko‘p jarohat olayotgani klub mutasaddilarini xavotirga solgan. Frantsiyalik futbolchi joriy mavsumda Ispaniya chempionatining 20 ta uchrashuvidan 12 tasida maydonga tushdi xolos.

“Qirollik klubi” mavsum yakunlanishi bilan “Yuventus” to‘purari Dushan Vlaxovich va “Tottenxem” hujumchisi Risharlisonning transferini amalga oshirmoqchi.  

Klub xo‘jayinlari Rodrigo va Federiko Valverdega ham raqobatchi olib keladi. Ular “Bavariya”ning o‘ng qanotida hujum uyushtirishga mas’ul bo‘lgan Kingsli Komanni ham nishonga olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!