Benzema undan kuchliroq hujumchini aytdi
Frantsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Karim Benzema o‘zining barcha davrlarning eng yaxshi hujumchisi kim, degan bahsda qaysi futbolchini o‘ziga nisbatan yuqori qo‘yishini aytdi.
Madridning «Real» klubi afsonasi hisoblangan Benzema o‘zini dunyo futbol tarixidagi eng kuchli hujumchilar qatoriga qo‘shishini tan oldi, biroq birinchi raqamli deb hisoblamasligini ta’kidladi.
– Sen barcha davrlarning eng yaxshi uchta hujumchisi orasiga kiraman, deb o‘ylaysanmi?
– Ha, – dedi u.
– O‘zingni eng zo‘ri, deb bilasanmi? Agar yo‘q bo‘lsa, sendan yaxshiroq kim?
– Yo‘q. Eng zo‘ri – R9 [braziliyalik Ronaldo], – deya javob berdi 38 yoshli futbolchi. Uning so‘zlari Madrid Zone tomonidan keltirilgan.
Yaqinda Karim Benzema Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubini tark etdi va erkin agentga aylandi. Undan oldin u «Al-IttihoD» sharafini himoya qilgan, Saudiyaga yo‘l olguniga qadar esa 14 yil davomida «Real» tarkibida maydonga tushgan edi.

Fikrlar