
Benzemaga Messining sherigi yordam beradi
“Real” rahbariyati kelasi mavsum hujum chizig‘ida Karim Benzemaga yordamlashadigan forvard qidiryapti.
CalcioMercatoWeb saytining xabariga ko‘ra, madridliklar bu pozitsiyaga “Inter”ning universal hujumchisi Lautaro Martinesni mo‘ljallamoqda. Rejaga binoan, Argentina terma jamoasida Lionel Messiga yordamlashayotgan Martines shu ishni “Real”da davom ettirib, Karim Benzemani qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi.
Keyinchalik 35 yoshli Benzema o‘rnini Martinesga bo‘shatib beradi.
Lautaro Martinesni olish uchun “Qirollik klubi” bir necha klublar, xususan, “Manchester Yunayted” bilan raqobatlashishi talab etiladi
Fikrlar