Benzemaga Turkiyaning grand klubi jiddiy qiziqish bildirib, muzokaralarni boshlashga tayyor!

  • 14.10.2025 18:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Turkiyaning mashhur "Fenerbaxche" klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Karim Benzemani o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda, deb xabar berdi "Fotomaç".

Manbaga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Domeniko Tedesko klub prezidenti Sadettin Saranga jamoaga hujumlarni samarali yakunlay oladigan forvard kerakligini ma’lum qilgan. Bu ehtiyoj Yussef En-Nesirining hozirgi shakli, Jon Dyuranning jarohati va Jenk Tosunning tarkibdan chiqarilishi bilan bog‘liq.

Mavjud nomzodlar muhokamasidan so‘ng asosiy variant sifatida Karim Benzema tanlangan. Frantsiyalik forvardning "Al-Ittihod" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Shu bois, "Fenerbaxche" yaqin vaqt ichida uning agentlari bilan aloqaga chiqishni rejalashtirgan. Agar ijobiy javob olinsa, transfer bo‘yicha muzokaralar davom ettiriladi.

Avvalroq, 37 yoshli Benzema o‘z faoliyatining so‘nggi bosqichini Evropada o‘tkazishni xohlayotgani haqida xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!