Benzemani Saudiyada nimalar kutayotgani ma’lum bo‘ldi

  • 17 yanvar, 2024, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karim Benzemaning “Al-Ittihod”dagi vaziyati eng ko‘p muhokama qilinayotgan masalalardan hisoblanadi.

36 yoshli futbolchi bosh murabbiy Marselo Gallardo tomonidan jamoadan chetlatilgan va Dubaydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etilmagan.

Hozir Evropaning ayrim klublari Benzemani o‘z safiga qo‘shib olish harakatini boshlab yuborgan.

Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, Saudiya arabistoni suveren fondi va mamlakat sport vazirligi bu holat bo‘yicha qaror qabul qildi.

Har ikki tashkilot mashhur futbolchini milliy chempionatni rivojlantirish loyihasining muhim bo‘lagi sifatida jamoada qolishini ta’minlashga qaror qilgan.

Benzema “Real”dagi faoliyatini tugatib, o‘tgan yoz “Al-Ittihod”ga ko‘chib o‘tganidan beri jami 24 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 15 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Yiliga 100 million evro atrofida maosh olayotgan mohir to‘purarning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!