Bergveyn uchun kurashga "Inter" ham qo‘shildi

  • 02.06.2019 15:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Inter" klubi PSV forvardi Stiven Bergveyn jiddiy qiziqish bildira boshladi.

FcInterNews nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli gollandiyalik futbolchini shaxsan “neradzurrilar” bosh murabbiyi Antonio Konte o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda. Ushbu transfer esa 40 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Bergveynga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" ham kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Bergveyn o‘tgan mavsum PSV safida jami 41ta o‘yinda maydonga tushdi va 15ta gol hamda 13ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!