Bernardu Silva "Barselona" va "Atletiko" bilan muzokara olib bormoqda
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Ispaniyaning ikki grandi — "Barselona" va Madridning "Atletiko" klubi bilan muzokaralarning ilg‘or bosqichiga o‘tgan. Bu haqida jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi shartnomasi yakunlangach, yozda ingliz klubini tark etadi. Biroq uning yangi jamoasi borasida hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Har ikki ispan klubi ham futbolchi va uning vakillari bilan faol muloqot olib bormoqda.
O‘tgan mavsumda 31 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Bernardu Silvaning bozor qiymati 27 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar