Bernardu Silva bir biriga raqib ikki granddan o‘zini olishni so‘radi
“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva joriy mavsum yakunlangandan keyin Xosep Gvardiola jamoasini tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan.
Portugaliyalik yulduzning agentlari ayni paytda unga yangi jamoa topish bilan band.
Defensa Central nashrining ma'lum qilishicha, Bernardu Silvaning agentlari o‘z mijozlari xizmatini nafaqat “Barselona”ga, kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi bo‘lgan “Real”ga ham taklif qilgan.
“Barselona”dan farqli ravishda “Real” Bernardu Silvaga jiddiy qiziqish bildirmagani va bu o‘yinchi olish istagi yo‘qligini bildirgani aytilmoqda.
Bernardu Silva 2017 yilda “Monako”dan “Manchester Siti”ga 50 million yevroga o‘tgan. Joriy mavsumda u 42 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar