Bernardu Silva faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor yo'nalishni tanladi
Bernardu Silva faoliyatini davom ettirish bo‘yicha ustuvor variantini tanladi. Bu haqida insayder Fernando Polo ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, Bernardu Silva Kataloniyaning "Barselona" jamoasiga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Shu bilan birga uning xizmatlariga Madriddning "Real Madrid" va "Atletiko Madrid" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" yarim himoyachisi 2017 yildan beri ushbu jamoa safida to‘p surib kelmoqda. Uning bozor qiymati 22 million yevro deb baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda Angliya Premier-ligasida u 38 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 4 ta golli uzatma berdi va 10 ta sariq kartochka oldi.

Fikrlar