Bernardu Silva La Liga va Angliya Premier Ligasini taqqosladi
«Real Madrid» yarim himoyachisi Bernardu Silva La Liga va Angliya premyer-ligasi oʻrtasidagi farqlar haqida fikr bildirdi.
Portugaliyalik futbolchi oʻtgan yozda «qirollik klubi» safiga qoʻshilgan edi. Ungacha toʻqqiz yil davomida «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan.
«La Liga ayrim jihatlari bilan Premyer-ligadan farq qiladi. Ispaniyada deyarli barcha jamoalar raqibni maydon boʻylab bosim ostida ushlashga, hujumlarni esa koʻproq pas orqali tashkil etishga intiladi. Bu yerda jismoniy kurash kamroq, ammo ispan chempionati juda yuqori saviyada», – deya Bernardu Silvaning soʻzlarini keltiradi Madrid Universal.
32 yoshli yarim himoyachi Joze Mourinyo boshqaruvidagi jamoa tarkibida hozirgacha besh oʻyin oʻtkazdi. Uning «Real Madrid» bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilgacha moʻljallangan.

Fikrlar