Bernardu Silva madridliklar bilan muzokara boshladi

  • 21.05.2026 18:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsum yakunlangandan keyin “Manchester Siti”ni tark etadigan Bernardu Silva oʻziga yangi ish joyi topish harakatlarini boshlab yubordi.

Insayder Nikolo Skira maʼlumotiga koʻra, portugalialik futbolchi oʻziga qiziqish bildirgan Madriddning “Atletiko” klubi bilan shartnoma imzolash boʻyicha muzokaralarni boshlagan.

Madrid klubi futbolchiga 2028 yil yozigacha moʻljallangan shartnoma va yana bir yilga uzaytirish imkonini taklif qilgan.

Bir tomondan “Yuventus” ham Bernardu Silva uchun kurashni davom ettirmoqda va shu hafta uning agenti Jorje Mendes bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokara oʻtkazadi.

Bernardu Silva 2017 yilda Fransiyaning “Monako” klubidan 50 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga transfer qilingan edi. Xosep Gvardiola qoʻl ostida Silva klublar miqyosidagi barcha nufuzli turnirlar bosh sovrinini qoʻlga kiritdi.

Joriy mavsumda “shaharliklar”ga sardorlik qilgan mohir pleymeyker barcha turnirlarda 52 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi boʻldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!