Bernardu Silva mundialda Oʻzbekiston bilan xotirjam oʻynamoqchi
“Manchester Siti” sardori va pleymeykeri Bernardu Silva yaqin vaqt ichida kelajagi bo‘yicha muhim qaror qabul qilish niyatida.
Hozircha bir narsa aniq, ya’ni futbolchi mavsum yakunlangandan keyin erkin agent sifatida “shaharliklar” safini tark etadi.
31 yoshli portugaliyalikka asosiy da’vogarlar “Barselona” va “Yuventus”bo‘lib turibdi. Bernardu Silva “Benfika” taklifini qabul qilmadi. Uning oldida boshqa variantlar ham paydo bo‘lishi kutilmoqda.
- Men yangi klubim bo‘yicha qarorni jahon chempionati boshlanishidan oldin qabul qilmoqchiman. Terma jamoa yig‘iniga kelganimda kelajagim aniq bo‘lishiga umid qilaman, - dedi Bernardu Silva Canal 11 telekanaliga bergan intervyusida.
Portugaliya milliy jamoasining bo‘lajak mundialdagi ilk uchrashuvi AQSh vaqti bilan 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ularning raqibi Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi bo‘ladi.
Keyinroq Roberto Martines shogirdlari O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar