Bernardu Silva nega “Barsa”ga o‘tishdan bosh tortgani sababi ma’lum bo‘ldi

  • 13.06.2026 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”dan ketgan portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silva shu yozda  “Barselona”ga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

Biroq mashhur pleymeyker Kataloniyaga bormaydigan bo‘ldi. Bunga sabab sifatida kataloniyaliklar 31 yoshli futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlay olmasligini bildirgani ko‘rsatilmoqda.

Bu haqida El Chiringuito jurnalisti Xose Alvares Gaya o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Barselona” boshqa klublar Bernardu uchun kurashga qo‘shilgan taqdirda ham o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishni rejalashtirmagan, chunki jamoaning yarim himoya chizig‘i mukammal darajada yaxshi shakllangan.

Avvalroq OAV portugaliyalik futbolchi Madriddning “Real” klubi taklifini qabul qilgani va erkin agent sifatida u yerga o‘tishini xabar qilgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!