Bernardu Silva o‘ynashni orzusi qilayotgan klub nomi ma'lum bo‘ldi

  • 28.05.2026 11:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropa matbuotida yarim himoyachi Bernardu Silvaning turli klublarga o‘tishi haqidagi ma’lumotlar muhokama qilinishi davom etmoqda.

Avvalroq portugaliyalik futbolchi klubdagi to‘qqizinchi mavsumidan keyin “Manchester Siti”ni tark etishi e’lon qilingan edi.

The Touchline nashrining Sky Sport jurnalistlariga tayanib xabar berishicha, Bernardu Silvaning o‘zi “Barselona”da o‘ynashni orzu qiladi.

Kataloniya klubi ham avgust oyida 32 yoshini nishonlaydigan portugaliyalik futbolchini olishga befarq emas.

Bernardu Silva o‘z kuchini Ispaniya chempionatida sinab ko‘rmoqchi. Shu bois, u “Yuventus”dan kelgan taklifni qabul qilmadi. Bir necha manbalar Madridning “Atletiko” klubi tajribali pleymeykerga 2+1 ko‘rinishida shartnoma berganini yozdi.

Bernardu Silva 2017 yildan beri “Manchester Siti” tarkibidagi 459 ta rasmiy uchrashuvda o‘z hisobiga 76 ta gol va 77 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Qayd etish lozimki, nufuzli Transfermarkt portali futbolchini 27 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!