Bernardu Silva qaysi jamoaga bormasligini aytdi

  • 16.05.2026 10:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva joriy mavsum yakunlanishi bilan erkin agent maqomini oladi va o‘zi to‘qqiz yil o‘ynagan jamoa safini tark etadi.

Ayni paytda bir necha klub portugaliyalik futbolchi bilan hamkorlik o‘rnatishga va uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Bernardu Silva takliflarni o‘rganib chiqyapti va ulardan biriga rad javobini berdi. 31 yoshli futbolchi o‘z yurtidan bo‘lgan chorlovni qabul qilmadi va “Benfika”ga bormasligini ma’lum qildi.

- “Benfika”ga mamnuniyat bilan qaytardim, lekin hozir emas. O‘sha vaqtda kelib, “Benfika”ga kerak bo‘lamanmi-yo‘qmi, bunisini bilmayman, - dedi Bernardu Silva.

“Manchester Siti” sardoriga asosiy da’vogarlar sifatida “Barselona” va “Yuventus” klublari tilga olinmoqda.

Futbolchining o‘zi kataloniyaliklar safiga qo‘shilishni afzal ko‘rmoqda, ammo turinliklar o‘z qarorida qat’iyroq turib, amaliy harakatlar qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!