Bernardu Silva "Real"dan qaysi jamoaga o'tishi ma'lum bo'ldi

  • 18.10.2026 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Yuventus» qishki transfer oynasida «Real» tarkibida o‘ynayotgan portugalialik yarim himoyachi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida TuttoMercatoWeb nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turinliklar to‘liq transfer uchun yetarli mablag‘ga ega emas va hozircha faqat ijarа variantini real deb hisoblamoqda. Bunday kelishuv amalga oshishi uchun «Yuventus»ga «Real» Bernardu Silvaning maoshining bir qismini to‘lab turishga rozi bo‘lishi kerak bo‘ladi.

Bernardu Silva 2026 yili «Manchester Siti»dan «Real»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda portugalialik futbolchi madridliklar safida yetti o‘yinda maydonga tushib, bir bor golli uzatma bilan ajralib turdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!