Bernardu Silva “Siti”ga yoqmaydigan gap aytdi
“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi. Xosep Gvardiola sevimli shogirdining jamoada qolishini istayotganiga qaramay, portugalik hujumkor futbolchi joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi.
Jurnalist Mark Brus xabar berishicha, futbolchi shartnomasi tugashi bilan Manchesterdan ketish bo‘yicha fikrini o‘zgartirmaydigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 31 yoshli yarim himoyachi o‘zining yakuniy qarori haqida klub rahbariyatiga allaqachon xabar bergan.
Silva 2017 yildan buyon “shaharliklar” safida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Silvaning qiymati 27 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar