Bernardu Silvaning keyingi manzili aniq, “Siti” unga o‘rinbosar ham topib qo‘ydi

  • 15.02.2026 08:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva jamoa oʻyiniga ta'siri kuchli ekaniga qaramay, joriy mavsum yakunlangandan keyin “shaharliklar” safini tark etishi kuilmoqda.

Ayni paytda klub rahbariyati 2017 yilda “Monako”dan 43 million funt sterlingga transfer qilingan portugaliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralar olib borayotgani haqida hech qanday alomat yoʻq.

Oxirgi bir yilda “Manchester Siti”da amalga oshirilgan avlodlar almashinuv jarayonida Bernardu Silvaning yetakchilik fazilatlari jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

“Manchester Siti” muxlislari ham jamoa sardorini yangi shartnoma imzolashini juda xohlamoqda. Chunki klub soʻnggi bir yilda jamoa tarkibini yangilash jarayonida koʻplab tajribali futbolchilar bilan xayrlashdi. Bu holat kelgusi mavsumlarda nufuzli sovrinlar uchun kurashishga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

Tolmie’s Hairdoo chiqarqan insaydgа koʻra, Silvaning keyingi manzili “Benfika” jamoasi boʻlishi kutilyapti. Bernardu joriy mavsum tugagach,  erkin agent sifatida oʻsha klubga oʻtadi.

Ta'kidlanish joizki, “Manchester Siti” BernarduSilvaga oʻrinbosar ham topib qoʻygan. Klub rahbariyati “Nottingem Forest” yetakchisi Elliot Andersonni olib kelish boʻyicha ish boshlagani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!