Bernardu Silvaning taklif koʻpligidan boshi qotdi

  • 30.04.2026 07:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva klubini oʻzgartirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum tugashi bilan klubni tark etishini maʼlum qilib boʻlgan.

Oʻzaro kelishuvga koʻra, “Manchester Siti” oʻz yetakchisiga yakunlanayotgan shartnomani uzaytirish taklifini bermaydi.

Hozirgi vaqtda 31 yoshli futbolchiga Evropaning oʻzidan bir necha klubdan, xususan, “Yuventus”, “Barselona”, “Benfika” va “Galatasaroy”dan chorlov boʻlyapti. Bundan tashqari, tajribali pleymeykerga APL klublari ham qiziqish bildirа boshlandi.

La Gazzetta dello Sport maʼlumotiga koʻra, futbolchining oʻzi Turin yoki Kataloniyaga koʻchish variantlarini afzal koʻrmoqda.

“Barselona” portugaliyalik futbolchiga anchadan beri qiziqish bildirib keladi, “Yuventus” esa yaqinda jiddiy daʼvogarga aylandi.  Manba taʼkidlashicha, turinliklar vakillari Silvaning agenti Jorje Mendes bilan doimiy aloqani ushlab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!