"Besiktaş" Salahni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

  • 26.07.2026 15:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Beshiktaş» hujum chizig‘ini yulduz futbolchi bilan kuchaytirish niyatida. Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, klub urugvaylik forvard Darvin Nunyес bilan hech qanday muzokara olib bormagan.

Istanbul jamoasi asosiy e’tiborni Misr terma jamoasi yulduzi Muhammad Salah transferiga qaratgan. Bu yozda «Liverpul»ni tark etgan 34 yoshli hujumchini olish «qora qushlar» uchun ustuvor vazifa sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Salah 2017 yildan buyon mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

O‘tgan mavsum Angliya Premier-ligasida Salah 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!