“Beshiktoш” Bundesliga yulduzi bilan kelishuvga erishdi

  • 23.04.2026 11:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyaning “Beshiktosh” klubi Alehandro Grimaldo bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma'lum qilinishicha, tomonlar shaxsiy shartlar bo‘yicha o‘zaro kelishib olgan va transfer amalga oshishiga yaqin. Endi klublar o‘rtasidagi so‘nggi rasmiy masalalar hal qilinishi kutilmoqda.

“Beshiktosh” ushbu transfer orqali tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan. Grimaldo esa o‘z tajribasi va o‘yin sifati bilan jamoaga katta yordam berishi mumkin.

Futbolchining hozirgi klubi bilan bog‘liq jarayonlar yakunlangach, u yangi jamoasiga qo‘shilishi mumkin.

2023 yildan beri “Bayer”da o‘ynayotgan Grimaldoning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Futbolchi ayni paytda 24 million yevroga baholanmoqda.

Alehandro joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 42 ta uchrashuvdan ishtirok etib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 11 ta yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!