Beshta grand klub "Real"dan Endrikni olib ketishga tayyor
Mourin'yo unga imkon bermayapti
Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Endrik qishki transfer oynasida klubini oʻzgartirishi mumkinligi aytilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, Joze Mourinyo qoʻl ostida braziliyalik yosh forvard deyarli maydonga tushmayapti. Shu boisdan «Qirollik klubi» yanvar oyida uni ijaraga berish variantlarini koʻrib chiqmoqda.
Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan xabarga koʻra, 20 yoshli futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi, shuningdek «Manchester Yunayted», «Milan», «Roma» va «Aston Villa» jamoalari qiziqish bildirgan. Futbolchi uchun kurashda asosiy daʼvogarlar sifatida «Roma» va «Aston Villa» tilga olinmoqda.
Endrik joriy mavsumda «Real» tarkibida faqat bir marta maydonga tushgan. Transfermarkt portali mutaxassislari uning bozor qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.

Izohlar (0)