"Betis" Mourin'yo shikoyatiga javob berdi
Sevilyaning «Betis» jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Ispaniya chempionati to‘rtinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda madriddlik «Real» ustidan qozonilgan minimal hisobdagi g‘alabadan (1:0) so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi.
«Men jamoam maydonda qo‘pol o‘ynadi, deb o‘ylamayman. G‘alabani hech qanday holatda hakam qaroriga bog‘lab bo‘lmaydi.
«Betis» o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi, «Real» esa bunday qila olmadi.
Shu bois natijaga hakam ta’sir ko‘rsatdi, degan fikrga qo‘shilmayman», – deya Pellegrining so‘zlarini Marca nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv yakunlangach, «Qirollik klubi» bosh murabbiyi Xose Mourinyo «Betis» futbolchilari tomonidan qo‘pol o‘yinlar bo‘lgani haqida shikoyat qilgan edi.

Fikrlar