Beyl bugunoq "Tottenxem"ga qaytishi mumkin
"Tottenxem" "Real" yarim himoyachisi Garet Beyl bilan shartnoma imzolamoqchi.
Ma’lum bo‘lishicha, London klubi 30 yoshli futbolchi bilan bugunoq kelishuvga erishishiga ishonmoqda.
Avvalroq, "shporlar" prezidenti Deniel Levi Florentino Peres bilan muzokara o‘tkazish uchun Madridga uchib ketgan edi.
Aslida Kristian Eriksenning transferi borasida muzokara olib borilgan. Levi muzokara davomida Beylni qaytarishni xohlayotgani borasida ham gapirgan.
Eslatib o‘tamiz, Uelslik futbolchi 2007-2013 yillarda "Tottenxem" sharafini himoya qilgan.



Fikrlar