
Beyl Chempionlar ligasidagi 50-uchrashuvini o‘tkazdi
Kecha “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tgan “Real” hamda PSJ (3:1) klublari o‘rtasidagi uchrashuv maydon egalari yarim himoyachisi Garet Beyl uchun tarixiy uchrashuv bo‘ldi.
Aniqrog‘i, uelslik futbolchi shu kuni Chempionlar ligasi musobaqasidagi o‘zining 50-yubiley uchrashuvini o‘tkazdi. Beyl ushbu 50ta o‘yinning 9tasini “Tottenxem” safida o‘tkazgan bo‘lsa, qolgan 41tasini “Real” libosida o‘tkazgan.
U ushbu bahslarda o‘z hisobiga jami 15ta gol hamda 17ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar