Beyl “Real”dan ham quruq qolishi mumkin

  • 18 iyul, 2021, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Tottenxem”ning yangi bosh murabbiyi Nunu Santu mavsumni londonliklar tarkibida ijara asosida yakunlagan “Real” vakili Garet Beyl yangi chempionatda unga kerak emasligini ochiq aytgandi.

Tecno

Hozircha, uelslik hujumchi oldida birgina variant bor. U ham bo‘lsa, “Real”ga qaytish. Biroq Buyuk  Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqishi futbolchining yo‘liga to‘siq bo‘lmoqda. La Liga qoidasiga ko‘ra, har bir jamoa Evropa Ittifoqi hududidan tashqaridagi mamlakatlardan faqat uchtagacha o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Ayni paytda “Real”da evropasportga ega bo‘lmagan uchta o‘yinchi bor. Garet Beyl ular safiga to‘rtinchi bo‘lib qo‘shilmoqda. “Qirollik klubi” ular orasidan bir futbolchini qo‘yib yuborishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!