Beyl uchun Evropaning yana bir grandi kurash boshladi
Madridning “Real” klubi vingeri Garet Beyl uchun Evropaning yana bir grandi kurashga qo‘shildi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli uelslik futbolchini Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z safida ko‘rmoqchi. O‘z navbatida Beydning o‘zi ham kuchini Bundesligida sinab ko‘rishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Beyl uchun "Manchester Yunayted" klubi asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan edi.

Fikrlar