Beyl: "Xabini ishdan bo‘shatilgani meni hayron qoldirmadi"

  • 21.01.2026 18:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem", "Real" va Uels terma jamoasi sobiq futbolchisi Garet Beyl "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning isteʼfosi haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Xabi? Men hayron emasman. "Real" qanday ishlashini bilaman. Agar natijalar boʻlmasa va ular yetarlicha boʻlmasa, seni ishdan boʻshatishadi, - deya Beylning soʻzlarini keltiradi Madrid Xtra X ijtimoiy tarmogʻida.

Ispaniyalik mutaxassis "Real"ni 2025 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgandi, bungacha u "Bayer"da ishlagan. "Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi lavozimini madridliklarning boshqa bir sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa egalladi. Ispaniya chempionatida "Real" turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda. Madridliklar hisobida 20 ta uchrashuvda 48 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!