
Bilasizmi? Grizmann 2018 yilda “Atletiko”ning 32ta o‘yindagi 32ta golida ishtirok etdi
Avval xabar berganimizdek Madridning “Atletiko” klubi forvardi Antuan Grizmann kecha La Liganing 2-turidan o‘rin olgan "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda gol urib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik futbolchi “matraschilar”ning 2018 yildagi 32ta rasmiy uchrashuvida kiritilgan 32ta golida bevosita ishtirok etgan. Aniqrog‘i, Grizmann ushbu o‘yinlarda 23 marta raqiblari darvozasini aniq nishonga olgan bo‘lsa, yana 9ta vaziyatda jamoadoshlarining goliga assistentlik qilgan.
Fikrlar