Bilasizmi? Messi 2014 yilda "Barselona"dan ketishi mumkin edi, biroq...

  • 26 aprel, 2019, 16:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" klubi sobiq murabbiyi Jorji Rouraning so‘zlariga ko‘ra argentinalik hujumchi Lionel Messi 2014 yilda jamoadan ketishi mumkin edi. Biroq, uni jamoaning marhum ustozi Tito Vilanova “Kamp Nou”da qolishga ko‘ndirgan.

“O‘shanda Messi ketishni o‘ylagandi. Keyin u Vilanova bilan uchrashdi va ular o‘zaro soatlab gaplashishdi. Ularning bu suhbatida qatnashmaganman, ammo, Messi shundan so‘ng “Barselona”da qolishga qaror qilgan”, - deydi Roura.

Eslatib o‘tamiz, Vilanova “Barselona”ni 2012/13 yilgi mavsumda boshqargan. 2014 yilning 25 aprel sanasida esa saratondan vafot etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!