Bilasizmi? O‘FAning yangi prezidenti Abdusalom Azizov avval ham futbolga rahbarlik qilgan
Xabaringiz bor bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga yangi rahbar saylandi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra O‘FA prezidenti sifatida Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov saylandi. Tashkilotning yangi rahbari haqida qisqacha:
Abdusalom Abdumavlonovich Azizov 1960 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1982 yildan 2001 yilgacha Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasida ishlagan va birinchi o‘rinbosar lavozimigacha ko‘tarilgan.
2001-2002 yillarda Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2002-2006 yillarda “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi, 2006-2008 yillarda “O‘zbekneftegaz” tasarrufidagi “O‘zneftmahsulot” kompaniyasi bosh direktori, 2008-2009 yillarda O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009-2017 yillarda Jizzax viloyat IIB boshlig‘i, 2017 yil 4 yanvaridan 4 sentyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, 2017 yil 4 sentyabrdan 2019 yil 11 fevralgacha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimlarida ishlagan.
2019 yilning 11 fevralidan esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i hisoblanadi.
Fikrlar