Bilasizmi? O‘zbekiston kubogi finali ilk bor "Lokomotiv" stadionida o‘tkaziladi

  • 26.10.2019 12:22
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston kubogi finali o‘tkaziladi. Unda "Paxtakor" va AGMK o‘zaro kuch sinashadi. Ushbu bellashuv Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 17:00da boshlanadi.

1992 yili yo‘lga qo‘yilgan ushbu musobaqa finali hali "Lokomotiv" stadionida o‘tkazilmagan. Ya’ni ushbu final birinchi marta "Loko" arenasida bo‘lib o‘tadi.

Shu paytga qadar kubok finallarini 18 marta "Paxtakor" o‘yingohi qabul qilgan. Samarqanddagi "Dinamo" va poytaxtdagi "MHSK" stadionlari 2 martadan, Olmaliqdagi "Olmaliq", Jizzaxdagi "So‘g‘diyona", Toshkentdagi "Bunyodkor" va Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionlarida bir martada final bahslari o‘tkazilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
KarimovDiyorbek
26/10/2019 12:35
Faqat Toshkent! boshqa joylarda ham futbolga qiziqadigan insonlar bor. Xorazmda necha yillar boldi futbol bolmaydi bir marta oʻyin tashkil etinglar kuchli jamoalar bilan