Bilasizmi? Qishda "Rostov" va TsSKA Oston O‘runovni sotib olishni xohlamagan

  • 02.08.2020 18:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Match TV" telekanali sharhlovchisi Nobel Arustamyan qishki transferlar davrida RPLning ikki klubi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runovni sotib olishni xohlamaganini aytdi.

“Hozir hamma o‘zbekistonlik O‘runov haqida gapirmoqda. U qishda "Ufa"ga 200 ming dollar yoki evroga ko‘chib o‘tdi.

Men uning xizmatlarini ko‘plab klublarga taklif qilishgani haqida eshitdim. Jumladan, "Rostov" va TsSKA rad javobini bergan. Ular futbolchiga qiziqmagan va sotib olmagan”, - deydi Arustamyan.

Eslatib o‘tamiz, O‘runov tez orada Moskvaning "Spartak" klubiga o‘tishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!