Bir aylanib kel! Angliya klubi Italiyaga darvozabon jo'natdi
Angliyaning “Lids” klubi rahbariyati uz darvozaboni Lukas Perrini Italiyani“Torino” klubiga ijaraga berganini e’lon qildi.
Perri o‘tgan yozda “Lion”dan “Lids”ga ko‘chib o‘tgan va o‘tgan mavsumda Premier-ligada 16 ta uchrashuvda ishtirok etgan edi.
Mavsum davomida Perri asosiy darvozabon maqomini yo‘qotdi. Joriy yozda esa “Lids” asosiy darvozabon sifatida “Manchester Siti” posboni Jeyms Traffordni taklif qildi.
Shuning uchun “Lids” 28 yoshli braziliyalik darvozabonni “Torino”ga ijaraga berdi. Zaxira darvozaboni o‘rni uchun esa “Ayntrax”dan Mixael Tsetterer 4,2 million funt sterlingga olib kelindi.

Fikrlar