Bir imzo bilan bilan eng qimmat futbolchiga aylandi

  • 02.07.2026 20:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Elliot Andersonning «Nottingem Forest»dan «Manchester Siti»ga o‘tishi Britaniya futboli tarixida eng qimmat transfer sifatida qayd etildi. 

Bu haqida Daily Mail xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kelishuv qiymati 135 million yevroni tashkil etgan. Ilgarigi rekord yarim himoyachi Jud Bellingemga tegishli edi — u «Borussiya» Dortmunddan «Real» Madridga 130 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Shu bilan birga, Anderson jahon futboli tarixidagi eng qimmat beshta transfer qatoriga ham kirdi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasida hujumchi Neymarning «Barselona»dan PSJga o‘tishi turibdi — bu transfer 222 million yevroga baholangan.

Elliot Anderson «Nyukasl» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u Angliya premier-ligasida 50 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va to‘rtta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!