Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Real" mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi
Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Elche" va "Real" Madrid jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda "qirollik klubi" 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Bellashuvning asosiy vaqtida gol urilmadi. Qo‘shimcha taymlarning boshida Marselo qo‘pollik ishlatdi va qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Standart vaziyatdan so‘ng maydon egalari gol urishga erishdi.
Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida "qaymoqranglilar" futbolchisi Isko hisobni tenglashtirdi. Keyinchalik Eden Azar gol urib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.



Fikrlar