Bir tennischimiz nufuzli musobaqadan chiqib ketdi

  • 04.09.2026 06:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Tennis
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mariya Timofeeva tennis bo‘yicha "Katta Dubulha" turkumiga kiruvchi AQSh ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida belgilik Elize Mertensga mag‘lub bo‘ldi. 

Uchrashuv Mertens foydasiga 6:2, 7:5 hisobida yakunlandi. Kortdagi kurash 1 soat 48 daqiqa davom etdi.

Elize Mertens endilikda Naomi Osaka (Yaponiya) – Katerina Sinyakova (Chexiya) juftligidan g‘olib chiqqan tennischiga qarshi maydonga tushadi. Mariya Timofeeva esa yakka razryad bahslarini musobaqaning ikkinchi bosqichidayoq yakunladi.

Timofeeva uchun bu sport fuqaroligini almashtirgandan keyingi ilk US Open turniri edi. Moskvada tug‘ilgan tennischi 2025 yil oktabridan boshlab rasmiy O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qila boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!