Bir uchrashuvda ikki pozitsiyada o‘ynagan Husanovga necha ball qo‘yildi?
«Manchester Siti» klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 2026/2027 yildgi mavsum UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turidagi PSJga qarshi uy oʻyini uchun bahosini oldi.
Husanov ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va maydonda toʻliq 90 daqiqa harakat qildi. Bellashuv «Manchester Siti»ning 2:4 hisobida magʻlubiyati bilan yakunlandi. Statistik koʻrsatkichlarni baholaydigan Flashscore portali oʻzbekistonlik futbolchining oʻyinini 6,8 ballga baholadi.
Mezbon jamoa tarkibida eng past bahoni darvozabon Janluiji Donnarumma oldi — 5,0 ball.
Ruben Diash 6,2, Rayan Sherki va Mateush Nuneš 6,4, Elliot Anderson 6,6, Mark Gexi esa 6,7 ball bilan qayd etildi.
«Manchester Siti» safida dubl muallifi boʻlgan Erling Xoland eng yuqori — 8,8 ballni qoʻlga kiritdi. Antuan Semenyo esa 7,2 ball oldi. Xoland ikkinchi boʻlimda ikki bor gol urdi (53- va 75-daqiqalar).
PSJ tarkibida esa Dezire Due (13-daqiqa), Usmon Dembele (15-daqiqa), Vitinʼya (32-daqiqa) va Magnes Aklyush (63-daqiqa) oʻz nomlarini tabloga yozdirib qoʻyishdi.
Ikki turdan soʻng «Manchester Siti» aktivida uch ochko qolmoqda. Chempionlar ligasidagi navbatdagi oʻyinda ingliz klubi yurtda Gretsiyaning AEK jamoasini qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21 oktabrga oʻtar kechasi soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Fikrlar