
Bir yarim yillik tanaffus yoxud Sulsher Fredning goliga qanday izoh berdi?
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fred kecha Evropa ligasi 1/16 bosqichi doirasida "Bryugge" darvozasiga ikkita gol kiritishni uddaladi.
26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun ushbu gol so‘nggi 18 oydan buyon dastlabki goli bo‘ldi. U so‘nggi bor 2018 yil sentyabr oyida "Vulverxempton" darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan edi.
Jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher esa ushbu vaziyatga hazil aralash izoh berdi.
"Men barcha uchun xursandman, biroq Fred... U men xayotligimda gol ura olishiga ishonchim komil emas edi. Chunki u bir qancha imkoniyatlarni gol bilan yakunlay olmayotgan edi.
Ammo u bir golini o‘ng, ikkinchisini chap oyoqda kiritdi. Bu biz uchun xazil mavzuga ham aylangan edi. Biroq u gol urishni uddala. U uchun xursandman", - deydi Sulsher.
Fikrlar