
Birdan boyib ketgan “Nyukasl” birinchi bo‘lib qaysi yulduzni olishi ma’lum bo‘ldi
Saudiya Arabistoni investorlari boshqaruviga o‘tgan “Nyukasl” Angliyaning eng qudratli klublaridan biriga aylanmoqda.
Bundan buyog‘iga katta o‘zgarishlarga yuz tutadigan klub mutasaddilari qishki transferlar vaqtida birinchilardan bo‘lib, Filippe Koutinoni xarid qilishga qaror qildi.
Angliya premer-ligasida “Liverpul” tarkibida porlagan braziliyalik pleymeyker “Barselona”ga o‘tganidan keyin kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi. Ronald Kuman jamoadan Messi ketganidan keyin Koutinoning yangi liderga aylanishini kutgandi. Amalda bunday bo‘lmadi.
Qolaversa, kataloniyaliklar anchadan beri qimmatbaho futbolchini sota olmayapti. “Nyukasl”ning moliyaviy imkoniyati esa, Koutino uchun barcha xarajatlarni qoplashga etadi.
Fikrlar