Birinchi bo‘lib, shu beshtasi ketadi

  • 26.04.2023 19:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Muaffaqiyatsiz mavsumdan eyin “Chelsi”da katta tozalash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Klub mutasaddilari bir necha futbolchi xizmatidan voz kechishga tayyor. Ular orasida shartnomasi yakunlanayotganlarga yangi bitim berilmaydi. O‘zaro hamkorlik kelishuvi yakunlanmaganlar esa transferga qo‘yiladi.

Taniqli insayder Ben Djeykobs “aristokratlar” birinchi  bo‘lib qutilishni istayotgan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Per-Emerik Obameyang,  Ruben Loftus-Chik, Konor Gallaxer, Kristian Pulishich, Hakim Ziesh yozda o‘ziga yangi jamoa topishi kerak bo‘ladi.

Klub muxlislari besh nafar futbolchi orasidan “Chelsi” o‘zi tarbiyalagan Konor Gallaxerga yana imkoniyat berilishini kutyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!