Birinchi "El-klasiko" tarixi: Angliyaliklarning izi va Madriddagi ilk to‘qnashuv

  • 25.10.2025 18:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1902 yilda, Ispaniya qiroli Alfonso XIIIning 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan "Kopa de la Koronasyon" turniri yarim finalida "Barselona" Madridga ilk bor kelganida, jamoa safida uch nafar ingliz futbolchi bor edi — Artur Uitti, Jon Parsons va Henri Morris. O‘sha may oyidagi uchrashuv "Gippodrom"da bo‘lib o‘tdi. Kataloniya nashrlaridan biri yozganidek, ular muxlislar tomonidan "jentlmenga xos bo‘lmagan" munosabatdan hayratda qolishgan: “Barselona” o‘yinchilari yiqilganda, gol urganda sukunat hukm surgan. Ammo natija baribir katalonmyaliklar foydasiga bo‘lgan — 3:1.

Tecno

O‘sha paytda matbuot “Barselona” jismoniy tayyorgarlik va tajriba borasida sezilarli ustunlikka ega ekanini ta’kidlagan. Uitti va Parsons Kataloniyada tug‘ilgan bo‘lib, klubni tuzgan ilk a’zolardan sanalishgan. Morris (haqiqiy ismi Enrike) Manilada ingliz otasi va ispan onasidan tug‘ilgan, o‘n yoshli paytida Barselonaga ko‘chib kelgan va shahardagi bir necha jamoalarda to‘p surgan. Shuningdek, kataloniyaliklar tarkibida ikki shveytsariyalik va bir nemis ham bo‘lgan.

“Madrid” esa o‘shanda hali “Real” deb atalmagan va faqat ikki oy avval kataloniyalik ikki aka-uka tomonidan tuzilgan yangi klub edi. O‘yinchilarning ko‘pchiligi hali futbolni yangi o‘rganayotgandi.

O‘sha uchrashuvda “Madrid” tarixidagi ilk rasmiy golni va “El-klasiko”lar tarixidagi ilk golni irlandiyalik Artur Jonson kiritgan. U o‘shanda jamoadagi yagona xorijlik bo‘lib, keyinchalik “Madrid” murabbiyiga aylangan. Uning “El Xeraldo” gazetasida chop etilgan tavsiyalaridan biri shunday edi:

"To‘p maydon tashqariga chiqqach, futbolchilar tezroq qaytishi kerak. Agar shunday qilinsa, o‘yin bir yoki bir yarim soatda tugardi. Hozir esa ikki yoki uch soat bo‘lib ketmoqda — ko‘p qismi sigaret chekish va gap-so‘zga sarflanyapti". 

Gazeta uning fikrini jiddiy qabul qilish kerakligini ta’kidlagan, chunki "ingliz jamoalaridagi tajribasi" bor edi. O‘sha ilk yillarda Britaniyadan kelgan futbolchilar dunyo bo‘ylab eng yaxshi deb hisoblangan, ularning ta’siri katta bo‘lgan. Ammo bu abadiy davom etmadi — 1929 yilda Ispaniya chempionati tashkil etilgan paytda ingliz futbolchilari deyarli qolmagan edi.

Uitti, Parsons, Morris va Jonson futbol tarixi boshlanishida qatnashgan, "jamiyat voqeasi"ni yaratgan shaxslar bo‘lishgan. Ammo La Liganing keyingi 192ta "El-klasiko" to‘qnashuvida biror ingliz futbolchisi maydonga tushmagan. Hamma narsa sodir bo‘lgan, faqat shu emas. Ammo yakshanba kuni, o‘sha tarixiy "Gippodrom"dan bir mil shimolda, bu an’ana nihoyat buziladi.

"Bu — futboldagi eng yirik o‘yin", — dedi Markus Reshford.

Uning raqibi esa Jud Bellingem bo‘ladi. Agar Trent Aleksandr-Arnold bir oylik mushak jarohatidan so‘ng to‘liq sog‘aygani haqida shifokorlardan ruxsat olsa, u ham maydonga tushishi mumkin, garchi asosiy tarkibda boshlashi ehtimoli kam bo‘lsa-da.

Reshford va Bellingem ilgari 12 marta bir jamoada o‘ynashgan, ammo haligacha bir-birlariga qarshi maydonga tushishmagan.

Ispaniyaning oliy divizionida hozirgicha bu qadar ko‘p ingliz futbolchilari bo‘lmagan: Konor Gallaxer — "Atletiko Madrid"da, Ovi Ejariya — "Real Ovedo"da, Tayris Dolan — "Espanol"da, Abu Kamara esa — "Xetafe" safida. Shu bilan birga, tarixda ilk bor "Real Madrid" va "Barselona" tarkibida bir vaqtning o‘zida ingliz futbolchilari o‘ynayapti.

Marcus Rashford of FC Barcelona celebrates after scoring goal during the UEFA Champions League match, between FC Barcelona and Olympiacos FC, Lluis...

Bu yozda Markus Reshford "Barselona" safida harakat qilgan ilk ingliz futbolchisiga aylandi — bu martaba oxirgi bor Gari Linekerga nasib etgan edi (Markus MakGuan va Lui Barri birinchi jamoada debyut qilmagan). Lineker "Barsa"ga kelgan paytda La Liga davridagi ilk "Real Madrid" futbolchisi Lori Kanningem ancha avval jamoani tark etgan edi. Keyinchalik Lineker ham jamoadan ketdi va uning o‘rnini 1999 yilda "Bernabeu"da Stiv MakManaman, shundan so‘ng Devid Bekxem, Jonatan Vudgeyt va Maykl Ouen bosdi.

Lineker "Barsa"da Stiv Archibald bilan birga o‘ynagan va keyinchalik uning safiga Mark Xyuz ham qo‘shilgan. 1987 yil yanvar oyida u "klassiko"da xet-trik qayd etgan, oradan ikki hafta o‘tib esa Angliya terma jamoasi safida "Bernabeu"da to‘rtta gol urgan. "Shunda men haqiqatdan ham yaxshi futbolchi ekanimni angladim", — degan edi Lineker.

Ispaniyaga kelish Jud Bellingem uchun o‘z salohiyatini namoyish etish imkonini berdi — u La Ligada debyut mavsumidayoq eng yaxshi futbolchiga aylandi va Chempionlar ligasini yutdi. Reshford uchun esa bu nafaqat boshqalarga, balki o‘ziga ham yana bir bor "men hali ham yaxshi o‘yin ko‘rsata olaman" deb eslatish imkoniyati bo‘ldi.

"Bu avval ham bo‘lgan, men "Barselona" bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan transfer haqida gaplashganman, ammo turli sabablarga ko‘ra bu amalga oshmagan. Endi esa bu mening imkoniyatim", — dedi u "ESPN"ga bergan intervyusida.

Marcus Rashford of FC Barcelona during the UEFA Champions League match, between FC Barcelona and Olympiacos FC, Lluis Companys Stadium on October 21,...

"Nima uchun shunday bo‘lganini aniq aytish qiyin. Men uchun bu juda ko‘p yil bir joyda yashash bilan bog‘liq. Odamlar bunga e’tibor bermaydi, lekin mening 23 yillik hayotim "Manchester Yunayted" bilan bog‘liq. Ba’zan insonga o‘zgarish kerak bo‘ladi. Balki menda ham shunday bo‘lgandir. Menda katta o‘zgarish yo‘q — faqat yangi muhit, yangi madaniyat, xolos. Men bu erda o‘ynashdan zavq olyapman". 

Haqiqatdan ham, bu o‘zgarish unga foyda keltirdi — va u ham "Barselona" uchun foydali bo‘ldi. Kataloniya klubi uni avval ham olib kelishga uringan, shu bilan birga Niko Uilyams va Luis Diasni ham kuzatgan edi. Reshfordni ular hujum chizig‘ida universallik kiritish uchun chaqirishgan — u nazariy jihatdan o‘ng qanotda ham, chapda ham, markazda ham o‘ynay oladi.

Garchi u ijara asosida kelgan bo‘lsa-da, registratsiya jarayoni kechikdi — bu haqda Xans-Diter Flik norozilik bildirgan edi. Endi esa Reshford "qolmoqchimisiz?" degan savolga shunday javob beradi: "Albatta, shubhasiz". 

Jamoa ham uni saqlab qolishni xohlayapti. Lamin Yamal, Robert Levandovski, Rafinya va hatto Ferran Torres jarohat olgan bir paytda, Reshford kutilgandan ko‘ra ko‘proq o‘ynadi — u ligada faqat Torresdan keyin ikkinchi bo‘lib eng ko‘p asosiy tarkibda tushgan futbolchi. Asosan o‘zining sevimli chap qanotida harakat qilmoqda.

Rafinyaning jarohati his etilgan bo‘lsa-da, Reshford Ispaniya futbolidagi tor joylardagi o‘yinga moslasha olmaslik haqidagi shubhalarni bartaraf etdi. U 12 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 6 ta golli uzatma berdi. Seshanba kuni u "Olimpiakos"ga qarshi 6:1 hisobidagi g‘alabada dubl va bir assist qayd etdi — uning gollaridagi xotirjamlik, o‘zini erkin his qilish belgisi bo‘ldi.

Ertasi kuni Bellingem "Yuventus"ga qarshi 1:0 hisobidagi g‘alabada yagona gol muallifi bo‘ldi. U ham o‘zining ilk mavsumidagi kabi oldingi pozitsiyada harakat qildi va bu gol unga ham kerak edi. Bu g‘alabalar orqali ikki ingliz yulduzi yana Ispaniyaning bosh sahnasida to‘qnash kelmoqda — "klassiko" oldidan intriga yanada kuchaydi.

Jud Bellingemga nihoyat operatsiya kerak bo‘ldi — bu narsaga "Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati"dan so‘nggina vaqti topildi. Bellingem ilk tarkibga faqat derbi — "Atletiko"ga qarshi o‘yinda qaytdi... va "Real Madrid", shunga qadar mag‘lubiyatsiz kelayotgan jamoa, 2:5 hisobida engildi.

Bellingem yo‘q paytda jamoa boshqa tuzilishni qurgandi, uning shoshmashosharlik bilan qaytishi esa bu tizimni buzdi. Shu bois, Xabi Alonso tanqid qilindi — uning o‘zi ham keyinroq tan oldi: agar qayta imkoni bo‘lsa, o‘shanda Bellingemni tarkibga qo‘shmas edi. Ammo bu keyingi o‘yinlarda uni zaxirada qoldirishni anglatmagan.

Shundan keyin u ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi va Angliya terma jamoasi ro‘yxatiga ham kiritilmadi — bu uning hali tayyor emasligini tan olish, shu bilan birga, qayta tiklanish imkoniyati edi. Keyin u "Xetafe" va "Yuventus"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi — yangi boshlanish imkoniyati berildi.

Chorshanba kuni u "Bernabeu"da 1 apreldan buyon ilk bor gol urdi — va bu eng katta bahs oldidan juda o‘z vaqtida keldi. 

Jude Bellingham of Real Madrid looks during the UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD3 match between Real Madrid C.F. And Juventus at Estadio...

"Uning "Xetafe"dagi o‘yini ham, bugungi o‘yini ham yoqdi, ayniqsa urgan goli", - dedi Alonso. "U dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Men undan faqat bitta narsani xohlayman — imkoniyatdan unumli foydalanish va jamoaga foyda keltirish". 

Bellingemning o‘zi esa shunday dedi:

"O‘tgan yil men uchun falokat deb hisoblamayman — 15 ta gol, 14 ta assist bor edi. Lekin umumiy kayfiyat shunday ediki, go‘yo bu yomon mavsumdek tuyulgan. Men ham shuning bir qismi bo‘lganman — o‘tgan mavsumda biz yaxshi o‘ynay olmadik. Yaxshi lahzalar bo‘lgan, lekin ilk yildagi darajada emas. Endi elkam operatsiya qilindi, yangi murabbiy bor, u jamoaga yangi shakl, yangi o‘yin uslubini bermoqda". 

Endi esa navbat shuncha yillardan beri har mavsumni belgilab beruvchi o‘yinga etdi — bu safar yanada katta ma’noda. "Real Madrid" — "Barselona". Sport tarixidagi eng buyuk raqobat. Birinchi o‘rindagi jamoa ikkinchisiga qarshi. Kilian Mbappe — Lamin Yamalga qarshi, Bellingem — Reshfordga qarshi.

123 yil oldingi "Gippodrom"dan boshlangan tarix bugun yana yoziladi — ingliz futbolchilari uchun yangi sahifa ochilishi mumkin.

"Men Manchesterdaman va bolaligimda "klassiko"ni tomosha qilardik. Ammo bu tajribani haqiqatdan ham esda qolarli qilish uchun men jamoaga g‘alaba qozonishda yordam berishim kerak", - dedi Reshford.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!