Birinchi og‘ir vaznda "Zuffa Boxing" kamari uchun jang belgilandi
Armanistonlik Noel Mikaelyan (28-3, 12 KO) Devid Benavidesga qarshi jangdan voz kechib, "Zuffa Boxing" bilan shartnoma imzolashni tanladi va endilikda u Jey Opetaya(30-0, 23 KO)ga qarshi ringga chiqadi.
Avstraliyalik bokschi IBF kamaridan mahrum bo‘lgani qarama-y, hali ham 90,7 kg vazn toifasida eng kuchli bokschi sifatida baholanmoqda. "Zuffa Boxing" hozircha jangchilarga yaxshi haq to‘layotgani inobatga olinsa, Mikaelyan bu bahs uchun faoliyatidagi eng katta gonorarni olishi aniq.
Opetaya – Mikaelyan jangi 12 sentabr kuni Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur oqshomdagi asosiy to‘qnashuvda Reyan Garsiya Konor Benn bilan bahs olib borishi rejalashtirilgan. Avstraliyalik va arman o‘rtasidagi qarama-qarshilik birinchi og‘ir vazn toifasida "Zuffa Boxing" kamari uchun o‘tkaziladi.

Fikrlar