“Birinchi sen ketasan!” Chempionlikni qo‘ldan chiqargan “Arsenal”da tozalash boshlandi

  • 27 may, 2024, 09:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining so‘nggi turida “Manchester Siti” yana “Arsenal”dan o‘zib ketdi.

Tecno

“Kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta tarkibni takomillashtirish maqsadida ishonchni oqlamagan futbolchilardan qutilishga qaror qildi. 

The Athletic nashrining yozishicha, ispaniyalik mutaxassis birinchi bo‘lib portugaliyalik yarim himoyachi Fabiu Vieyradan voz kechdi. 23 yoshli futbolchining darajasi va mashg‘ulotlarga munosabati bosh murabbiyga ma’qul kelgani yo‘q.

Fabiu londonliklar safiga 2022 yilning yozida olib kelingandi. Klub bu o‘yinchi uchun “Portgu”ga 35 million evro to‘lagan.

Vieyra yakunlangan mavsumda Premer-ligada 11 marotaba maydonga tushib, bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!