Birinchi sen ketasan! To‘rtta mag‘lubiyatdan keyin “Liverpul” tarkibda tozalash boshladi

  • 29.10.2025 23:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Premer-ligada yuzaga kelgan mag‘lubiyatlar seriyasidan keyin tarkibda tozalash o‘tkazishga qaror qildi.

Tecno

Bosh murabbiy qaroriga ko‘ra, klub italiyalik futbolchi Federiko Kezadan qutiladigan bo‘ldi. 2024 yilning yozida bu o‘yinchi jamoaga kelib qo‘shilganida, mersisaydlik muxlislar jamoaning hujumkorlik qobiliyati kuchayishini kutgan edi.

Biroq Keza debyut mavsumida o‘zini ko‘rsata olmadi va barcha turnirlarda atigi 14 marotaba ko‘rinish berdi xolos.

Arne Slot yangi mavsumda ham universal hujumchiga etarli darajada o‘yin amaliyoti berayotani yo‘q. Keza hozirga qadar barcha turnirlarda to‘qqizta bahsda qatnashib, jami 245 daqiqa o‘ynadi va bu vaqt mobaynida ikkita gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.

Bosh murabbiyning o‘zi ham futbolchining o‘yinini tahlil qilib, Keza jamoa qo‘llayotgan o‘yin uslubiga mos tushmayotganini va uning o‘rniga boshqa variantlar qidirilayotganini tan oldi.

Federikoning o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun 2026 yilning yanvarida boshqa klubga o‘tishga moyillik bildirgan. Agar bu transfer o‘xshamasa, italiyalik hujumchi yozda muhitni o‘zgarishga urinib ko‘radi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!